» » MIB Farg‘onada tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanuvchilarni aniqladi

MIB Farg‘onada tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanuvchilarni aniqladi


Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi organlarining nazorat tadbirlari jarayonida joylarda ayrim kimsalar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlariga qonunga xilof ravishda o‘zboshimchalik bilan ulanib olayotgan yoki boshqa usullar orqali davlat mulki talon-taroj qilinayotgan holatlar aniqlanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xususan, Quvasoy shahri hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexi ish yurituvchisi S.Q. o‘z moddiy manfaatini ko‘zlab, qonuniy hujjatlar asosida ishlatilayotgan xumdonlardan tashqari, loyihada nazarda tutilmagan qo‘shimcha xumdon qurgan. Unga 24 ta nostandart qo‘lbola gorelka o‘rnatib, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulab olgan.

S.Q. ohak ishlab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlari qonuniy bo‘lgani sababli “hech kim bilmaydi va ko‘rmaydi” qabilida ish tutib, qo‘shimcha qurib olingan xumdon yordamida moddiy manfaat ko‘rib kelavergan.

Byuroning Quvasoy shahar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida S.Q.ning “ko‘proq foyda topish usuli” fosh qilindi va davlatga yetkazilgan 95 million so‘mdan ortiq moddiy zarar o‘rnini qoplash uchun bir oylik ixtiyoriy muddat berildi. S.Q. jinoiy javobgarlikka tortilishni xohlamasdan, unga berilgan ixtiyoriy muddatda davlatga yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qopladi.

Shuningdek, Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro N.Sh. o‘z rahbarligidagi fermer xo‘jaligida 35 gektar maydonda intensiv bog‘ tashkil etib, 5 gektar yerda g‘alla yetishtirib kelgan. U foydalanilgan elektr energiyasi uchun 1 million 750 ming so‘m to‘lovni umuman amalga oshirmasdan kelgani sababli 2015-yil noyabr oyida tarmoqdan uzib qo‘yilgan.

Shundan so‘ng N.Sh. elektr energiyasidan yashirincha o‘g‘rilik yo‘li bilan foydalanish haqida jinoiy reja tuzadi. Rejani amalga oshirishga kirishib, 2016-yil bahor oylarida, sug‘orish mavsumi boshlangan vaqtda aholi foydalanuvida bo‘lgan elektr tarmog‘iga yer maydonlarining aholi yetib bormaydigan chekka joyidan noqonuniy ulanib olib, barcha suv nasoslarini shu elektr energiyasi hisobidan ishlatishni yo‘lga qo‘ygan.

N.Sh. o‘zining bu jinoiy harakatlari bilan davlatning 73 million so‘mlikdan ortiq elektr energiyasini o‘margan. O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida N.Sh.ning qilmishi fosh qilindi va unga ham moddiy zararni qoplash uchun bir oylik ixtiyoriy muddat berildi. U o‘z qoidabuzarligi oqibatida yetkazilgan zararni to‘liq qopladi.

Yuqoridagi har ikki holatga nisbatan Majburiy ijro byurosi tomonidan qonuniy qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют