» » O‘zbekistonda 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi

O‘zbekistonda 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi


Joriy yilning 25-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi, deya xabar bermoqda O‘zA Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tayanib.

Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochildi va natijada 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Oilaviy mehmon uyi faoliyatini amalga oshirishning bir qancha shartlari mavjud. Bunda yashash uchun qulay sharoitlar: obodonlashtirilgan hudud, telefon aloqasi, ko‘rpa va to‘shaklar, tabiiy va sun’iy yoritish vositalari, o‘zbek, rus, ingliz tillarida oilaviy mehmon uyi nomi tushirilgan ma’lumot taxtasi, har bir mehmon uchun 3 metr kvadratdan kam bo‘lmagan joy, sanitar-gigiyenik va xavfsizlik va boshqa talablarga javob berishi lozim. Mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish, turistlarni kengroq jalb etish uchun sharoitlar yaratish maqsadida imtiyozli kreditlar ham taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют