» » Davlat soliq qo‘mitasi ICT Expo-2018 ko‘rgazmasida “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” nomli maxsus ekspozitsiyasi bilan ishtirok etdi

Davlat soliq qo‘mitasi ICT Expo-2018 ko‘rgazmasida “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” nomli maxsus ekspozitsiyasi bilan ishtirok etdi


Davlat soliq qo‘mitasi ICT Expo-2018 ko‘rgazmasida “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” nomli maxsus ekspozitsiyasi bilan ishtirok etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yil 26—28-sentabr kunlari Toshkentda ICT Expo-2018 axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma o‘tkazishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari milliy sohasining yutuqlarini namoyish qilish, ekspertlar jamoasining professional platformasini shakllantirish, milliy bozor subyektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Unda 35 mingga yaqin mehmon, 100 dan ortiq eksponent kompaniyalar ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy tashkilot hamda kompaniyalar o‘zining AKT sohasidagi eng ilg‘or loyihalari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi ham sohaga doir dasturiy mahsulotlari taqdimoti bilan qatnashmoqda.

Soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z faoliyatlarida muvaffaqiyatli foydalanilayotgan “Soliq” mobil ilovasi, www.soliq.uz rasmiy veb-sayti, my.soliq.uz veb-portali, Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, Ma’lumotlarni uzatish korporativ tarmog‘i, Elektron soliq hisobotlarini taqdim etish tizimi, “Soliq” kompleks axborot tizimi, Onlayn nazorat-kassa mashinalari kabi dasturlar shular jumlasidandir. Mazkur dasturlarning aksariyati oldinroq davlat idoralarida AKTni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi loyihalar sifatida e’tirof etilgan.

Ko‘rgazmada Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2018-yilda joriy etilgan qator loyihalar taqdimotiga ham alohida e’tibor qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 09:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют