» » O‘zbekiston MDH mamlakatlari havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari mashg‘ulotlarida qatnashdi

O‘zbekiston MDH mamlakatlari havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari mashg‘ulotlarida qatnashdi


O‘zbekiston osmonidagi havo hududida MDHga a’zo mamlakatlar birlashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining yuzta samolyot ishtirokidagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sputnik.

Bundan tashqari, samolyotlar Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi yana beshta mamlakat osmonidan uchib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda Tu-160, Tu-95, Tu-22, Su-30SM, Su-27, Su-25, MiG-29, MiG-31 samolyotlari qatnashdi, ular davlat chegarasini yoki havo hududidan foydalanish tartibini buzgan samolyotlar, shuningdek, olib qochilgan avialaynerlar “rolini bajardi”.

“27-sentabr kuni o‘tkazilgan jangovar shaylik tekshiruvi muvaffaqiyatli yakunlandi. Barcha o‘quv masalalari mashg‘ulot chog‘ida to‘liq hajmda mashq qilindi”, — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.

Mashg‘ulotlarda sanab o‘tilgan mamlakatlarning 160 dan ortiq radiotexnik bo‘linmalari hamda 40 dan ziyod zenit-raketa qo‘shinlari bo‘linmalari qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют