» » Urganchda internet-trafik o‘g‘risi fosh etildi

Urganchda internet-trafik o‘g‘risi fosh etildi


Urganch shahar IIBga uyali aloqasi vositasidagi internet-trafiklari to‘satdan yo‘qolib qolayotganligi yuzasidan bir necha fuqarodan murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, “kiberjinoyatchilikka qarshi kurasha oladigan tezkor xodimlar” tomonidan olib borilgan tekshiruv-surishtiruv ishlari jarayonida Urganch shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan, I.D.ning qonunbuzarliklari aniqlangan.

Ma’lum bo‘liishicha, I.D. 2012-yil dekabridan 2018-yilning iyuniga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida 58 nafar fuqaroning qariyb 13,5 million so‘mlik internet-trafiklarini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan I.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (“o‘g‘irlik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют