» » Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 420 kishiga yetdi (video)

Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 420 kishiga yetdi (video)


Indoneziyaning Sulavesi orolidagi Palu shahrida kuchli zilzila keltirib chiqargan sunami oqibatida 420 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. 540 dan ziyod odam jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Qurbonlar soni oshishda davom etishi mumkin, qirg‘oq chizig‘ida halok bo‘lganlarning jasadlarini topishda davom etishmoqda.

Ko‘p sonli uylar vayron bo‘ldi yoki kuchli zarar ko‘rdi.

Sunami yopirilgan hudud elektr ta’minotidan uzilib qolgani tufayli, bu yerda qutqaruv ishlari qiyinlashib qoldi. Bundan tashqari, shaharga olib boruvchi asosiy yo‘l yer ko‘chishi oqibatida to‘silib qoldi.

Indoneziyada 6,1 magnitudali zilzila 28-sentabr kuni yuz bergan edi, shundan keyin bir qator aftershoklar kuzatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют