» » Jizzaxda jurnalistlar uchun ekologiya sohasida seminar-trening o‘tkazildi

Jizzaxda jurnalistlar uchun ekologiya sohasida seminar-trening o‘tkazildi


Jizzax viloyatida ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining suv resurslari va suvdan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda jurnalistlar, shu yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar, ekologlar, o‘qituvchilar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

“Ikki kun davom etgan seminarda ishtirokchilar uchun suvdan foydalanish masalalarini yoritishning mazmuni, shakl, muammo va tendensiyalarini o‘rganish bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlar tashkil etildi, — deydi O‘zbekiston Ekologik harakati mutaxassisi E. Omonov. — Mashg‘ulotlarni eko-jurnalistika yo‘nalishida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar olib bordi. Seminar-trening yakuni sifatida ‘O‘zbekistonda suvdan foydalanish masalalarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi’ nomli qo‘llanma chop etiladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют