» » O‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova Moskvadagi turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi va jahon rekordini yangiladi

O‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova Moskvadagi turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi va jahon rekordini yangiladi


O‘zbekistonlik tennischi Oqgul Omonmurodova Moskva shahri mezbonlik qilgan tennis turnirining birinchi o‘yinidayoq raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Germaniyalik Anna Zayyaga qarshi kortga tushgan Oqgul 4:6, 7:6, 6:7 hisoblarida mag‘lub bo‘lgan. Shunga qaramay, Omonmurodova jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonlik raketka ustasining foydasiga hal bo‘lgan ikkinchi set tay-bregida Oqgul 22:20 hisobida zafar quchdi. Bu shu vaqtga qadar ayollar tennisida o‘ynalgan eng uzoq tay-brek bo‘lib tarixga kirdi.

Bunga qadar 21:19 hisobi qayd etilgan Tara Snayder hamda Emmanuel Galyardi o‘rtasidagi tay-brek eng murosasizi bo‘lib turgandi. O‘zbekistonlik tennischi esa bu borada yangi rekord o‘rnatdi va o‘sha tay-brekda zafar quchdi.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют