» » Poroshenko CNN telekanali orqali Putinga minnatdorchilik bildirdi

Poroshenko CNN telekanali orqali Putinga minnatdorchilik bildirdi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z mamlakatini ancha yevropalashishi va qadriyatlarini himoya qilishga doim tayyor turishiga majbur qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Poroshenko CNN’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bu orqali Ukraina rahbari boshlovchining ukrainaliklar Kreml tomonidan o‘tkazilayotgan zug‘umlar natijasida birlashgani haqida bildirgan fikriga javob qaytardi.

“Shu sababli Putin janoblariga rahmat aytamiz, u bizning mamlakatimizni ancha yevropalashtirdi va qadriyatlarimizni himoya qilish yo‘lida tayyor turishga majbur etdi. Ishonchimiz komilki biz Rossiya imperiyasiga qaytmaymiz”, — deya ta’kidlaydi Poroshenko.

Bunga prezident sotsiologik so‘rovlarni misol qilib keltirdi.

“2013-yilda Ukrainaning transatlantik integratsiyasini NATOdagi chiqishlarda 16 foiz ukrainalik qo‘llab-quvvatlagan. Hozirda bu ko‘rsatkich 54 foiz. Buni kim qildi? Putin. 2013-yilda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini 33 foiz ukrainalik qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, hozirda esa bu 74 foizga teng. Buni kim amalga oshirdi? Putin”, — deya qayd etadi Ukraina prezidenti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют