» » Farg‘onada 2,2 mlrd so‘m va 156 ming dollar mablag‘ evaziga zamonaviy tibbiy diagnostika markazi bunyod etildi (foto)

Farg‘onada 2,2 mlrd so‘m va 156 ming dollar mablag‘ evaziga zamonaviy tibbiy diagnostika markazi bunyod etildi (foto)


Farg‘ona viloyatining Quva tumanida “Med doktor Arslonov” tibbiy diagnostika markazi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Mazkur majmuaning qurilishiga 2,2 milliard so‘m va 156 ming dollar mablag‘ sarflandi. Bu yerda 41 ta statsionar davolanish xonalari bo‘lib, bolalar nevrologiyasi, gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa xastaliklarni aniqlash, sifatli tashxis qo‘yish, davolash uchun barcha zamonaviy moddiy-texnik imkoniyatlar yetarli.

Prezidentning 2017-yil 29-dekabrdagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi qarori sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini rivojlantirishni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Farg‘ona viloyatida ham tibbiyot sohasining xususiy sektorini barqaror rivojlantirish, ushbu tarmoq faoliyatini yanada kengaytirishga sog‘liqni saqlash tizimining davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan keng turdagi tibbiyot xizmatlarini sifat jihatdan yuksaltirish va yanada to‘ldirishga xizmat qiladigan tarkibiy qism sifatida qaralmoqda. Yangi tashkil etilgan zamonaviy klinika ham sohaga bo‘lgan e’tiborning amaldagi ifodasidir.

– Markazimiz eng so‘nggi rusumdagi tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. Vrachlarning barchasi oliy toifali mutaxassislar bo‘lib, ularning aksariyati xorijiy davolash muassasalarida malaka oshirgan. Ular zamonaviy tibbiy texnika va apparatlarda tegishli muolaja va operatsiyalarni amalga oshirishda yetarli tajribaga ega. Shuningdek, klinikaning ishga tushishi bilan 21 yangi ish o‘rni yaratildi, – deydi “Med doktor Arslonov” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Zafarjon Asqarov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют