» » Termizdagi Sulton Saodat majmuasi ziyoratchilar gavjum joyga aylandi (foto)

Termizdagi Sulton Saodat majmuasi ziyoratchilar gavjum joyga aylandi (foto)


Termiz shahrining shimoli-sharqiy qismida Sulton Saodat nomi bilan mashhur me’moriy yodgorliklar majmuasi mavjud, deb yozadi O‘zA.

Mustaqillik yillarida obod va ko‘rkam go‘shaga aylangan qadimiy obida ziyoratchilar bilan hamisha gavjum. XVII-X asrlarda qad rostlagan majmua 20 ga yaqin maqbaradan iborat. Peshtoq va gumbazli chorsu xonali salobatli imoratlar o‘z davrida yuksak did bilan bezatilgan.

Manbalarda qayd etilishicha, so‘lim va sokin bu go‘shada payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning qizlari Fotima onamizning nabirasi Hasan al-Amir mangu qo‘nim topgan. Bu ulug‘ zot Termiz sayyidlarining sultoni bo‘lgan.

– Hasan al-Amir o‘z yaqinlari bilan Samarqandga ko‘chib kelgan, – deydi viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Z.Alimardonova. – Bu yerda o‘n bir yil yashab, Balxga ko‘chadi. Taxminan 865-yilda Termizga kelib, yashab qolgan. Vafot etgach, shu yerda dafn etilgan. Asrlar davomida ushbu mo‘tabar zotning avlodlari uchun ham bu yerda mahobatli maqbaralar qurilgan. Endilikda me’moriy obida mamlakatimiz va xorijlik sayyohlar ko‘p keladigan maskanlardan biriga aylandi. Ular payg‘ambarimiz avlodlarining xokini ziyorat qilib, ruhan quvvat oladi. Ajdodlarimiz tomonidan turli asrlarda yaratilgan bo‘rtma ravoqlar, serjilo naqsh va to‘lqinli ganj bezaklari asosida yuksak did bilan ishlangan nafis me’morlik san’atidan bahramand bo‘ladi.

Tarixning guvohlik berishicha, IX asrda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Termiz sayyidlari xonadoni shakllangan. Markaziy Osiyo sayyidlarining ko‘pchiligi o‘z kelib chiqish tarixini shu xonadon bilan bog‘lashi bejiz emas. Kitoblarda davlat boshqaruvi va nizomida, jumladan, Sohibqiron Amir Temur saltanati rivojida Termiz sayyidlarining alohida xizmati borligi ta’kidlangan. Sohibqiron Hindistonga yurishlari chog‘ida hamisha Termiz sayyidlari xonadonida to‘xtab, mehmon bo‘lgani qayd etilgan. Yana bir manbada Amir Temur Termiz sayyidlariga alohida hurmat ramzi sifatida Sulton Saodat majmuasining bir qismi hisoblangan xonaqoh ham bunyod ettirgani, lekin noyob inshoot bizning davrimizgacha saqlanib qolmagani yozilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют