» » Mirobod tuman hokimligi Prezident farmoniga asosan afv etilgan 23 nafar fuqaro uchun Samarqandga ziyorat tashkillashtirdi

Mirobod tuman hokimligi Prezident farmoniga asosan afv etilgan 23 nafar fuqaro uchun Samarqandga ziyorat tashkillashtirdi


2018-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimligi va bosh imom-xatibi tashabbusi bilan O‘zbekiston Prezidentining o‘tgan yildagi farmoniga asosan afv etilgan fuqarolar uchun Samarqand shahriga ziyorat sayohati uyushtirildi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

Adashib turli oqimlarga kirib qolgan, bugungi kunda ro‘yxatdan o‘chirilgan 23 nafar fuqaro uchun tuman bosh imomi Odiljon Xolmurodov taklifiga ko‘ra va tuman hokimining buyrug‘iga asosan Samarqand shahriga ziyorat sayohati uyushtirildi. Tuman hokimiyati tomonidan ziyoratchilar uchun maxsus avtobus tashkillashtirilib, tushlik, borish-kelish xarajatlari hokimiyat tomonidan qoplandi.

Ziyoratchilar Imom Al-Buxoriy majmuasi, Shohi Zinda, Go‘ri Amir va Doniyor payg‘ambar ziyoratgohlarida bo‘lishdi. Safarda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari va imom-xatib noiblari ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 108) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют