» » Nega sirtqi va kechki ta’lim kontraktlari buncha qimmat?

Nega sirtqi va kechki ta’lim kontraktlari buncha qimmat?


Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram’dagi kanalida sirtqi va kechki ta’lim kontraktlari haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Kontraktlar narxining balandligi haqida vazirlikning bergan rasmiy tushuntirishini yodga olamiz. Unda aytilganidek, talabalar to‘laydigan kontraktlarning katta qismi, ya’ni 45—80 foizi talabaning o‘ziga stipendiya tariqasida qaytariladi.

Masalan, — deydi vazirlik, — talaba ‘a’lo’ bahoga o‘zlashtirsa jami 7,5 million so‘m stipendiya oladi.

Nima uchun sirtqi va kechki ta’limda o‘qiydigan talabalarga stipendiya to‘lanmaydi-yu, lekin baribir kontrakt narxi kunduzginiki bilan bir xil?

2004-yil 10-mart kuni tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada stipendiyalar faqat kunduzgi shaklda tahsil olayotgan talabalarga to‘lanishi belgilangan.

Sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga qoida bo‘yicha stipediya to‘lanmasligi oydinlashdi. Lekin kontrakt narxlari ular uchun ham eng arzoni 8 million 293 ming so‘m, eng qimmati 11 million 58 ming so‘m etib belgilangan.

Nima uchun kunduzgi shaklda tahsil olayotganlar xuddi shuncha to‘lab stipendiya oladi-yu, sirtqi va kechki ta’limdagilar olmaydi?

Boz ustiga sirtqi ta’limdagilar doim ham o‘qishga kelishmaydi, ya’ni ularga kamroq xarajat ham ketadi. Ammo kontrakti otni kallasiday.

Biz ushbu jumboqli masalaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan yana bir marta asoslantirilgan izoh kutib qolamiz.

Xushnudbek Xudoyberdiyev, Huquqshunos bloger



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют