» » Rossiyalik mashhur vizajist toshkentlik qizchaning davolanishi uchun mablag‘ yig‘moqda

Rossiyalik mashhur vizajist toshkentlik qizchaning davolanishi uchun mablag‘ yig‘moqda


Rossiyalik mashhur vizajist Goar Avetisyan toshkentlik 10 yoshli Elviraning davolanishi uchun mablag‘ yig‘moqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Uning oyog‘ini davolashgan, ammo sog‘lig‘i yomonlashib, cho‘loqlanib qolgan. MRT qilib ko‘rishganida 4-umurtqa yonida shish borligi aniqlangan. U asli O‘zbekiston, Toshkentdan. U yerda uni davolashga urinishgan, turli tashxislar qo‘yishgan, biroq davolanish yordam bermay qo‘ygach, shifokorlar uning tuzalishiga umid yo‘qligini aytib uyiga jo‘natgan, ammo ular taslim bo‘lmadi va Moskvadan shifokor topdi, u qizaloqni davolashga kirishdi”, — deb yozdi u o‘z Instagram’iga.

“To‘planishi kerak bo‘lgan summa 5 million rubl, muxlislarimdan har biri 1 rubldan yuborgan taqdirda ham, uni bir zumda yig‘ishimiz mumkin. Elvira tuzalib ketsa, politsiya kapitani bo‘lishni orzu qiladi. Biz qizaloqqa yordam bera olamizmi?” — deb yozdi Goar Avetisyan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют