» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida ushbu muassasa huzurida jamoatchilik kengashini tuzishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari, vazirlikning boshqarma va bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

Majlisda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi va a’zolari ro‘yxati nizom asosida shakllantirildi.

Nizomga ko‘ra, kengash o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradi va doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi. Jamoatchilik kengashi vazirlik apparati huzurida tashkil etiladi va uning faoliyati vazirlik tasarrufidagi barcha oliy ta’lim muassasalari, markaz va tashkilotlarga taalluqli bo‘ladi.

Jamoatchilik kengashi tarkibi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolardan iborat bo‘lib, uning qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega hisoblanadi.

Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda oliy ta’lim tizimi ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar huquqlarini muhofaza etish, sohaga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Jamoatchilik kengashi a’zolari yaqin kunlarda hududlarga chiqib, tizimdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy harakatlarni boshlashga kelishib oldi.

Majlisda jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan Muhammadjon Quronov rais, Komiljon Karimov (Toshkent xalqaro Vestminster universiteti rektori) rais o‘rinbosari, Farhod Babashev (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari) kotib etib saylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют