» » Samarqandda klaster usulida paxta yetishtirishda turkiyalik mutaxassislar yordam bermoqda

Samarqandda klaster usulida paxta yetishtirishda turkiyalik mutaxassislar yordam bermoqda


Joriy yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida “Maroqand sifat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan klaster usulida paxta yetishtirildi. Ayni paytda 7 ming gektardan ortiq maydondagi hosilni yig‘ishtirib olishga kirishilgan, deya xabar beradi O‘zA.

— Viloyatda ilk bor bizning tumanda klaster usuli qo‘llanilib, 224 fermer xo‘jaligiga qarashli 7 ming 136 gektar paxta maydoni “Maroqand sifat” MChJ ga biriktirildi, — deydi Narpay tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A.Tojiyev. — Jamiyat mutasaddilari ishni xorijiy tajriba asosida tashkil etib, yerni tayyorlash, chigit ekish, g‘o‘zaga ishlov berish va boshqa agrotexnik tadbirlarni aniq reja va hisob-kitob asosida tashkil etdi. Fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi texnikalar qatoriga xorijdan keltirilgan zamonaviy haydov traktorlari va boshqa zarur texnika vositalari qo‘shildi. 70 santimetrli qatorga chigit ekildi. Barcha maydonlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanildi. Bu joriy yilgi suv tanqisligi sharoitida juda qo‘l keldi va ko‘zlangan hosil yetishtirildi.

Darvoqe, jamiyat zamonaviy usulda paxta yetishtirish uchun Turkiyadan qishloq xo‘jalik texnikalari olib kelish bilan birga, soha bo‘yicha mutaxassislarni ham taklif etdi. Ular mahalliy fermerlarga paxta agrotexnikasi bo‘yicha maslahat berib, hamkorlikda ishladi.

— Turkiyalik fermerlar tajribasini o‘rganish davomida ularda o‘rtacha hosildorlik 55 sentnerni tashkil etishini kuzatdik, — deydi “Maroqand sifat” MChJ xodimi Rustam Hamroyev. — Yuqori hosildorlik hatto 70 sentnergacha chiqar ekan. Shu bois, Turkiyadan mutaxassis chaqirib, zamonaviy texnologiya asosida paxta yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik. Fermerlar yangi usullarni tez o‘zlashtirib olishdi. Barcha agrotexnik tadbirlarni belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirdik. 1000 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirda klasterga biriktirilgan fermer xo‘jaliklarining barchasida terim qizg‘in davom etmoqda. Aksariyat xo‘jaliklar birinchi terimdayoq shartnomada belgilangan rejani bajaryapti. Hosilni asosan, qo‘l kuchi yordamida yig‘ishtirib olyapmiz. Mahallalarda tashkil etilgan terimchilar otryadlari bu borada bizga yaqindan yordam bermoqda. Ularga bir kilogramm paxta uchun 750 so‘mdan mehnat haqi to‘layapmiz. Kunlik va besh kunlik terim ilg‘orlari qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirib borilmoqda.

Dalalardan yig‘ishtirib olingan hosil jamiyat korxonasida qayta ishlanmoqda va toladan ip kalava, so‘ngra kiyim-kechak, gilam ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Chigit esa hozircha maxsus omborlarda jamg‘arilmoqda. Yaqinda yog‘ ishlab chiqarish zavodi qurilishi bilan bu mahsulot ham shu yerning o‘zida qayta ishlanib, bir necha turdagi iste’mol tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda viloyatda paxtachilik bo‘yicha 13 ta ana shunday klaster tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют