» » O‘zbekistonda taniqli ulamo Abdurazzoq hoji Yunusov vafot etdi

O‘zbekistonda taniqli ulamo Abdurazzoq hoji Yunusov vafot etdi


Taniqli ulamo Abdurazzoq hoji Yunusov vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

“Bugun, yurtimiz musulmonlari ulkan musibatga, og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillardan beri nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni mamlakatlarga ham sermahsul xizmatlari bilan tanilgan, muhtaram ustoz, taniqli ulamo Abdurazzoq hoji Yunusov tabarruk 70 yoshda vafot etdi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolari, imom-xatiblar va mudarrislar hamda Abdurazzoq hoji Yunusovning shogirdlari u kishining oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Ulug‘ olim Abdurazzoq hoji Yunusovning janozalari 2018-yil 5-oktabr kuni Toshkent shahridagi Kamolon dahasidagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidida juma namozidan so‘ng o‘qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют