» » Peterburgdan Urganchga uchib kelgan yo‘lovchi telefonidan 189 dona pornografik video topildi

Peterburgdan Urganchga uchib kelgan yo‘lovchi telefonidan 189 dona pornografik video topildi


“Sankt-Peterburg—Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan R.N mahalliy aeroportda “yashil” yo‘lakdan harakatlanib kelayotganida bojxona xodimining e’tiboriga tushdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Uning uyali telefoni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida telefon apparati xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavha mavjudligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, Xorazm viloyati bojxonachilari tomonidan 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida 376 ta bojxona qoidabuzarlik holati aniqlangan bo‘lsa, shundan 197 ta holatda 17881 dona behayo mazmundagi materiallar respublikaga kirib kelishining oldi olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют