» » Matbuot va axborot agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ilk yig‘ilishini o‘tkazdi

Matbuot va axborot agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ilk yig‘ilishini o‘tkazdi


4-oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev kirish so‘zi bilan ochdi. U Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari mamlakatda matbuot va axborot sohasiga doir qonunchilik ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek sohada yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi kamchiliklarning oldini olish, bu borada zarur maslahat ko‘magini ko‘rsatish ekanini alohida ta’kidladi.

Bundan tashqari Laziz Tangriyev Jamoatchilik kengashi a’zolarini yuqorida ta’kidlangan masalalarda faol bo‘lishga, sohani yanada takomillashtirish, rivojlantirish, zamonaviy va kerativ yondashuvlarni joriy qilish, xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ravishda o‘z fikr-mulohazalarini, tavsiyalarini bildirib borishga chaqirdi.

Tadbirda tobora globallashayotgan bugungi dunyoda axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot sohasidagi xuruj va tahdidlarning oldini olish, mamlakat fuqarolari va yuridik shaxslarining axborotlarni tayyorlash, tarqatish, ulardan foydalanishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilishda Agentlik mazkur Kengash bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi bildirildi.

Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashi raisi, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad, Jamoatchilik kengashi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Omonulla Madayev va boshqalar so‘zga chiqdi.

Kengash faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, shu jumladan, dastlab gazeta va jurnallar, nashriyotlar, keyinchalik tele va radiokanallar, veb-saytlar va axborot-kutubxonalar faoliyatini tahlil qilish asosida tayyorlangan xulosa, taklif va tavsiyalar, ommaviy axborot vositalarida, agentlik veb-saytida keng jamoatchilik e’tiboriga tizimli ravishda yetkazib borishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют