» » O‘zbekiston va Ozarbayjon IIV o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bayonoti imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon IIV o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bayonoti imzolandi


Toshkentda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor D. Nazarmuxamedov va Ozarbayjon Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, politsiya general-leytenanti V. Eyvazov rahbarligida ikki tomon vazirliklarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yig‘ilishda terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda axborot almashinuvining bugungi holati va kelajak istiqbollari, umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruv faoliyati sohasida tomonlarning hamkorligi, transport xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik holati va uni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha to‘plangan tajriba yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Yig‘ilish yakunida 2019—2020-yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bayonoti imzolandi.

Tashrif doirasida Ozarbayjon delegatsiyasining Samarqand shahridagi sayyohlik obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют