» » Vashingtonda Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining “O‘zbekistonning yangi yuzi” kitobi taqdim etildi

Vashingtonda Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining “O‘zbekistonning yangi yuzi” kitobi taqdim etildi


2018-yilning 4-oktabr kuni Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti (CACI) tomonidan chop etilgan “O‘zbekistonning yangi yuzi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasiga tayanib xabar bermoqda.

Tadbirni ocha turib, CACI direktori, kitobning hammualliflaridan biri Svante Kornell so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va sud-huquq tizimidagi islohotlarga urg‘u bergan holda kitob mazmuni to‘g‘risida umumiy ta’rif berdi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan respublikadagi keng ko‘lamli transformatsiya Markaziy Osiyodagi holatga ham o‘ta ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

CACI raisi va kitobning bosh muharriri Frederik Starr o‘z chiqishida kitobda ilgari surilgan asosiy tezislar haqida batafsil so‘zlab berdi va mamlakatda amalga oshirilayotgan, davlat hokimiyati tizimining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan mislsiz miqyosdagi o‘zgarishlar uni hayratga solganini aytdi.

Ekspert O‘zbekistondagi demokratik islohotlarni ortga qaytarib bo‘lmasligiga ishonarli misollar keltirdi. Xususan, saylov qonunchiligining takomillashtirilishi, qonunchilik tashabbuskorligining parlamentga berilishi, siyosiy partiyalar faoliyatining sezilarli faollashgani, jamoat tashkilotlari sonining ko‘payganligi va boshqa chora-tadbirlar bu jarayon haqida guvohlik beradi. Frederik Starr bugun bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar shiddatining sur’ati bo‘yicha dunyodagi bironta davlat O‘zbekiston bilan tenglasha olmasligiga ishonch bildirdi.

Ta’kidlanganidek, kitob ishbilarmon doiralar va investorlar, birinchi galda G‘arb davlatlari vakillari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi hamda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va rivojlanayotgan investitsion muhitini to‘la ochib beradi. Shu nuqtayi nazardan AQSh savdo vaziri Uilbur Rossning joriy yil oktabr oyida O‘zbekistonga bo‘lajak birinchi tashrifi ijobiy baholandi.

Frederik Starr respublikadagi “o‘zgarishlarning keng qamrovli miqyosiga”, jumladan O‘zbekistonni musulmon olami uchun yangi model sifatida namoyon etuvchi din sohasidagi islohotlarga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘tadil, ochiq hanafiylik mazhabi an’analarining alohida sifatlariga e’tiborni qaratgan holda, ma’rifiy islom milliy g‘oyasini ilgari surdi. Olim ta’limning qat’iy dunyoviy shaklda qolayotganligini, bu sohadagi islohotlar esa o‘quvchilardan dunyoviy qadriyatlar va dunyoviy jamiyatdagi diniy masalalarning o‘rnini yaxshiroq tushunishni talab qilayotganligini e’tirof etdi. Shu o‘rinda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo muloqotning ahamiyati ta’kidlandi. Davlat rahbarining shaxsiy tashbbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining hamda Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Milliy press-klubdagi taqdimotda amerikalik rasmiy, ekspert-tahliliy doiralar, diplomatik korpus va OAV vakillariga “O‘zbekistonning yangi yuzi” kitobi 10-oktabrdan Amazon elektron savdo platformasida sotuvga qo‘yilishi ham e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют