» » O‘zbekistonda xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazilishi kutilmoqda


Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Yulbarsxon Mansurov Fudan universiteti professori Dong Jing-Cheng, O‘zbek-Xitoy savdo uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Chang King xonim hamda mazkur uyushma maslahatchisi Qodir Yusupov bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samimiy va do‘stona o‘tgan davra suhbati natijasida tomonlar an’anaviy xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot bo‘yicha xalqaro tibbiyot forumini tashkil etish istagini bildirdi. Forumda Xitoy, O‘zbekiston, Yevropa mamlakatlari, Hindiston, Koreya xalq tabobati yutuqlari hamda zamonaviy tibbiyotidagi eng so‘nggi tadqiqotlar muhokama qilinadi. Birinchi shunday forum O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yulbarsxon Mansurov, o‘z navbatida, sharq tabobatini targ‘ib qilish, uni keng yoyish bilan bir qatorda o‘zbek olimlari tomonidan kashf qilingan va endilikda tijoratlashtirilayotgan yangi tibbiy preparatlarni ishlab chiqarishda va uni bozorga chiqarishda hamkorlik qilish mumkinligini ta’kidladi.

Mehmonlar o‘zbekistonlik mutaxassislarni Shanxay universitetiga taklif qildi. Shanxay universiteti dunyoning eng yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasalarining o‘z reytingini tashkil etgan. Bu reytingning asosiy ko‘rsatkichi — talabalarga dars beradigan Nobel mukofoti sovrindorlari sonidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют