» » Toshkentda kollejga o‘qishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxslar ushlandi. Ularning ikkisi talaba, biri o‘qituvchi

Toshkentda kollejga o‘qishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxslar ushlandi. Ularning ikkisi talaba, biri o‘qituvchi


Joriy yil 24-sentabr kuni fuqaro Ch.N. Ichki ishlar vazirligiga tamagirlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi “R” va o‘zini Mehnat vazirligining yuqori lavozimida ishlovchi rahbar xodimi deb tanishtirgan “X” ismli shaxs uning ikki tanishini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari orqali Toshkent avtomobil yo‘llari kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3000 AQSh dollari berishni talab qilayotgani ma’lum qilingan.

Ariza asosida shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabasi J.R. ariza muallifi Ch.N.dan 3000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

J.R. ushbu pullardan 1000 AQSh dollarini o‘ziga ulush sifatida olib qolib, qolgan 2000 AQSh dollarini o‘qishga joylashtirish masalasini hal etish uchun “X” ismli sherigiga berishi lozim bo‘lganligini ko‘rsatganligi sababli tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada 27-sentyabr kuni Milliy universitetning 2-bosqich talabasi X.X. hamda ushbu universitetining ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi X.S. 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan J.R., X.X. va X.S. nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют