» » “NTV plyus“ bosh direktori Mixail Dyomin: Toshkentda tug‘ilganman, u mening ona shahrim

“NTV plyus“ bosh direktori Mixail Dyomin: Toshkentda tug‘ilganman, u mening ona shahrim


O‘zbekiston—Rossiya media-forumida Rossiyaning eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi “NTV plyus” bosh direktori Mixail Dyomin ham ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bugungi kunda “NTV Plyus” sun’iy yo‘ldosh raqamli televideniye (HDTV)ning 270 ta kanalini o‘zida jamlagan, Rossiya telekommunikatsiya bozorida muvaffaqiyat qozongan yetakchi kompaniyalardan.

“O‘zbekiston—Rossiya media-forumi ilk bora o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir ikki mamlakatning media sohasi bo‘yicha faol hamkorlik qilishida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Biz o‘zaro muloqotda kompaniyamizning telekommunikatsiya sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdik”, dedi Mixail Dyomin.

Toshkent taassurotlari haqidagi savolga u shunday javob berdi:

“Toshkentda tug‘ilganman, u mening ona shahrim, bolaligim yodgorligi. Doim ‘Farhod’ bozoridan bozor-o‘char qilardik. Buvim sof o‘zbek tilida gaplashardi. Bularning bari kechagidek yodimda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют