» » Bolgariyada jurnalist ayolni o‘ldirib ketishdi. U mamlakat rahbariyati aloqador bo‘lgan mojaro mavzusida ishlayotgan edi

Bolgariyada jurnalist ayolni o‘ldirib ketishdi. U mamlakat rahbariyati aloqador bo‘lgan mojaro mavzusida ishlayotgan edi


Bolgariyaning Ruse shahrida TVN hududiy kanalining ma’muriy direktori va boshlovchisi Viktoriya Marinovani shafqatsizlarcha o‘ldirishdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. 30 yoshli ayolning jasadini mahalliy fuqaro Dunay yaqinidagi yashil hududdan topib olgan.

Jasaddan bir necha metr narida marhumaning buyumlari bo‘lgan. Yonginasida avtomobili to‘xtab turgan. Ayol boshiga zarba berilishi va bo‘g‘ish oqibatida vafot etgan.

Politsiya ayni paytda jinoyat sabablarining bir nechta versiyalarini ko‘rib chiqmoqda, ular orasida qotillik jurnalistning kasbiy faoliyati tufayli amalga oshirilganligi ham bor.

Marinova ish olib borgan so‘nggi mavzu Yevropa ittifoqi jamg‘armasi mablag‘larining o‘g‘irlanishiga aloqador mojaro — GPGate bo‘lgan. GP Group — Yevroittifoq tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar ortidan pul orttirgan konsalting firmalaridan biri bo‘lgan. Firibgarliklarga davlat oliy rahbariyati vakillari aloqador bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют