» » Buyuk Britaniyada sud iPhone foydalanuvchilarining Google’ga nisbatan da’vosini bloklab qo‘ydi

Buyuk Britaniyada sud iPhone foydalanuvchilarining Google’ga nisbatan da’vosini bloklab qo‘ydi


London yuqori sudi Google kompaniyasiga qarshi to‘rt million iPhone foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotini yig‘ganlik aybi bo‘yicha da’voni bloklab qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Sud da’vosida Google Buyuk Britaniyada 2011-yilning avgust oyidan 2012-yilning fevral oyigacha keyinchalik mo‘ljalli reklamalarda foydalanish uchun ma’lumotlar yig‘ganlikda ayblangan.

Da’vo joriy yilning bahorida Britaniyaning Which kompaniyasi sobiq direktori Richard Lloyd tomonidan berilgan. Uning ma’lum qilishicha, Google Safari brauzerining konfidensiallik sozlamalarini chetlab o‘tgan va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan.

Da’vo tashabbuschilari kompaniyadan tovon sifatida taxminan bir milliard dollar olishni o‘ylagan. Da’voga jami 20 ming kishi qo‘shilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют