» » Shotlandiya Brexit’dan keyin Shimoliy Irlandiya kabi maqom olishni istamoqda

Shotlandiya Brexit’dan keyin Shimoliy Irlandiya kabi maqom olishni istamoqda


Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Styorjen Shotlandiyada Brexit‘dan keyin Shimoliy Irlandiyadagi kabi maqom bo‘lishini istayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

London va Yevropa Ittifoqi 2017-yilning yozidan buyon Brexit shartlari yuzasidan muzokarlar olib bormoqda. Yevropa Ittifoqi Brexit’dan keyin Irlandiya va Shimoliy Irlandiya o‘rtasida to‘la kuchli chegaralar yuzaga kelishi variantiga qarshi chiqmoqda.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit’dan keyin mamlakatni Yevropa Ittifoqining yagona bozori va bojxona siyosati doirasida qoldirish ehtimoli muhokama qilinmasligini ma’lum qilgan.

Styorjenning ma’lum qilishicha, Belfast yagona bozor doirasida bo‘la turib, Glazgoning bunday holatda bo‘lmasligi Shotlandiyaning har qanday birinchi vazirini tashvishga solgan bo‘lardi.

Birinchi vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni qandaydir yo‘llar bilan saqlab qolish kerak yoki mamlakat yana o‘z musatqilligini qo‘lga kiritish va shu tariqa yagona bozor bilan o‘z munosabatlarini himoya qilish masalasini ko‘rib chiqadi.

Shotlandiya 2016-yilda bo‘lib o‘tgan referendumda Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishiga qarshi ovoz bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют