» » Google kompaniyasi Google+ 2019-yil oxirigacha yopilishini e’lon qildi

Google kompaniyasi Google+ 2019-yil oxirigacha yopilishini e’lon qildi


Google kompaniyasi Google+ ijtimoiy tarmog‘ini oddiy odamlar uchun yopib, faqat korporativ mijozlar uchun qoldirishini e’lon qildi, deb yozadi TJournal.

Bu 2019-yil avgustida servisning ommaboplik darajasi past bo‘lgani tufayli amalga oshiriladi. Ma’lum bo‘lishicha, seanslarning 90 foizida ijtimoiy tarmoqdan ko‘pi bilan besh soniya foydalanishadi.

8-oktabr kuni kompaniya ijtimoiy tarmoqni yopishi haqida e’lon qilishidan biroz avval The Wall Street Journal yuz minglab foydalanuvchilarning ma’lumotlari sizib chiqib ketgani haqida xabar bergan edi. Google kompaniyasi Google hamda Android-qurilmalar mijozlari ma’lumotlari himoyasi bilan bog‘liq muammolar borligini tan oldi.

Yopiq ma’lumotlar (ammo u yerda yozishmalar yoki kontaktlar bo‘lmagan, faqat fotosuratlar, elektron pochta manzillari, shuningdek, yosh va jins haqidagi ma’lumotlar) 2015-yildan 2018-yil martgacha sizib chiqishda davom etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют