» » Toshkentda pensionerni kaltaklagan va uyida bosqinchilik uyushtirgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda pensionerni kaltaklagan va uyida bosqinchilik uyushtirgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 70 yoshli pensioner Vladislav Ye.ga nisbatan bosqinchilik maqsadida hujum uyushtirildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Gumonlanuvchi pensionerga o‘zini Artyom deb tanishtiradi va undan ishga joylashishda yordam so‘raydi. Vladislav uni uyga taklif etadi. Bu yerda “mehmon” qariyaga tashlanib, unga tan jarohatlari yetkazadi. So‘ng 1500 dollar, qiymati 3,3 million so‘m bo‘lgan Samsung telefoni, netbuk va planshetni o‘g‘irlab, yashirinadi.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. U Samarqand viloyatida yashovchi 24 yoshli Nikolay B. bo‘lib chiqdi. Hozirda u qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют