» » Zahroning mungli ko‘zlariga quvonch hadya etaylik!

Zahroning mungli ko‘zlariga quvonch hadya etaylik!


“Daryo” tahririyatiga asli navoiylik ayni paytda qizalog‘i Zahroning oqqon bilan og‘rigani sabab Toshkentda yashayotgan Ra’no Boliyeva yordam so‘rab murojaat yo‘lladi.

2011-yil 5-avgust kuni tug‘ilgan Zahro Madatova 2018-yil 22-martdan beri poytaxtdagi Gematologiya markazi 1-bolalar bo‘limida davolanish muolajalarini olib kelmoqda. Unga o‘tkir limfoblast leykoz tashxisi qo‘yilgan.

Oila 2018-yil yanvardan beri shu kasallikka qarshi kurashib kelmoqda. Zahroning muolajalari uchun shu vaqtgacha yig‘ib qo‘yganlarini sarflagan. Endi esa davolatishning 4-bosqichiga kelib puldan qiynalib qolishdi.

Yangi davolatish bosqichiga ketadigan dori-darmonlarga har oy juda katta mablag‘ talab etiladi. Afsuski, qizaloqning ahvoli yaxshilanishi uchun u yana uzoq vaqt mobaynida muolaja olishi kerak.

Asosiy kurslar tugagandan keyin qo‘llab-quvvatlov kursi boshlanadi. Bu kurs 2,5 yil davolanishni talab etadi.

“Oilada faqat turmush o‘rtog‘im ishlaydi. Uning topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi.

Farzandimga kurslar davomida quyidagi dorilar zarur:

3 ta askorbinaza 650 ming so‘mdan 1 million 950 ming so‘mni, 58 ta metritiksat 60 ming so‘mdan 3 million 480 ming so‘mni, 22 ta vinkristin 80 ming so‘mdan 1 million 760 ming so‘mni, 5 ta setozar 50 ming so‘mdan 250 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ijara uyda turishga imkonim bo‘lmagani, ijara haqi qimmatligi uchun panalarda yurib kun o‘tkazyapmiz”, — deydi Ra’no Boliyeva.

“Ayni paytda qarzimiz miqdori 8 million 250 ming so‘mni tashkil etadi. Qarzimiz sabab oilamizning tinchi buzilgan.

Farzandim Zahroxon katta bo‘lsa shifokor bo‘lmoqchi. Mana shunday shifoxonalarda ishlab kasallarni davolamoqchi.

Hech kim bunday kasallikka chalinmasligini tilab, saxiy insonlardan farzandim Zahroxonni sog‘ayib ketishida xolis moddiy yordamlarini ayamasliklarini so‘rab qolaman”, — ko‘zlarida yosh bilan so‘zlariga yakun yasagan ona.

Zahroning ko‘zlaridagi mung o‘rnini quvonch egallashi uchun hissa qo‘shaylik!

Zahroning otasi Ro‘zimurod Murodov nomiga ochilgan plastik karta raqami: 8600-0423-8200-2094

Bank rekvizitlari:

INN: 2000 26713 MFO: 00704

Hisob raqami:

23120 0005 00000 704 001

Xorijdan yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Ra‘no Boliyeva Xikmatulloyevna

Onasining telefon raqami:

+998 91 991 10 87



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют