» » 3 yoshli Dilnuraning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!

3 yoshli Dilnuraning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!


2015-yilning 23-avgustida Buxoro viloyatining Jondor tumanida dunyoga kelgan qiz farzand Oripovlar oilasiga cheksiz quvonch olib kelgan edi. Bugun esa butun oila olti oydirki, Toshkentdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan, hayotga umid bilan mo‘ltirab turgan qora ko‘zning dardi bilan kurashadi. Ayni kunda Dilnura oq qon tashxisi bilan shifoxonada 2017-yil 2-noyabrdan buyon davolanmoqda.

“Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. Ko‘p bora kimyo terapiyasini oldi. Ikkinchi kurs tugadi. Uchinchi kurs kuchli kimyo terapiya muolajalarini olyapti. Ko‘p bora qon quyishdi. Yana ikkita kursimiz bor. Ikkita kursdan keyin qo‘llab-quvvatlovi kurslari boshlanadi. Davolanish muddati 2 yilni tashkil qilar ekan.

Bundan tashqari, qizim Dilnuraning boshqa davolanish kurslari uchun yana mablag‘ talab etiladi. Hozirgacha ko‘p narsamizni sotib keldik. Katta miqdorda qarzga botdik. Qarindoshlarimizdan, qo‘shnilarimizdan 50 million qarzimiz mavjud. Orada turmush o‘rtog‘im ham betob bo‘lib qolib, ancha mablag‘ sarflandi. Dorilari juda qimmat. Navbatda turgan kimyo terapiya kurslari muolajalari, dorilari uchun juda katta mablag‘ talab etilarkan. Davolanish hamda dori-darmonga imkoniyatimiz yetmay ancha qiynalib qoldik. Yaxshi insonlardan xolis moddiy yordam berishlarini o‘tinib so‘rayman”,— deydi Dilnuraning onasi.

Dilnuraning oilasi uning dori-darmonlariga qarindoshlardan pul so‘rab, katta qarzga botgan. Har oy ijaraga va Dilnuraning davolanishi uchun mablag‘ yetishmay qolyapti.

Saxovatpesha insonlardan Dilnuraning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Doniyor Allayev Agrobank: 8600-0417-4020-3261.

Xorijiy davlatlardan yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari: 

Ergasheva Nigora. AA 8662225

Onasi Nigora Ergashevaning telefon raqami: +99890 960 61 83



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют