» » Toshkentda uch opa-singilning o‘limi haqidagi ish bo‘yicha yangi versiya paydo bo‘ldi

Toshkentda uch opa-singilning o‘limi haqidagi ish bo‘yicha yangi versiya paydo bo‘ldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida o‘tgan yilning noyabrida vafot etgan uch opa-singil haqidagi ish ko‘rib chiqilishda davom etmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

Avvalroq 21-sonli oilaviy poliklinika shifokori G. Adilova bemorlar ko‘zdan kechirgach, “oshqozon-ichak trakti funksiyasi buzilishi”, degan tashxis bilan ularga “Smekta”, “Serukal”, “Kreon” dori mahsulotlarini yozib bergani ma’lum qilingan edi. Ammo so‘nggi sud majlisida aytilishicha, ota-ona dorixonadan “Seruka” o‘rniga shunga o‘xshash “Metoklopramid” dorisini sotib olgan. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu dorilarning tarkibi mutlaqo bir xil bo‘lib, farqi birgina dozirovkasida (“Serukal” — 0,05 mg, “Metoklopramid” — 0,1 mg). Ba’zi shifokor va ekspertlar aynan shu dori bolalarning o‘limiga olib kelganiga ishonchi komil.

Ammo toksikolog Husniddin Hojiyev sudda bolalar “Metoklopramid”dan vafot etgan bo‘lishi mumkin emasligini, dorini qabul qilish vaqti juda qisqa bo‘lganini (qizlar dorini 2 marta ichgan, birinchisida hazm bo‘lib ulgurmay, qayt qilishgan) ta’kidladi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining navbatchi shifokori Aziza Mustafoqulova (guvoh)ning ko‘rsatmalari bo‘yicha, bolalar muassasaga kelib tushganida shifokorlar bu oddiy ovqatdan zaharlanish emasligini birdan tushungan, ularning nimalar iste’mol qilganini aniqlashga uringan, ota-ona bolalar yegan yeguliklarni sanab o‘tgan.

Ota-ona shifokorlarni, xususan, katta qizlari yotqizilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarini beparvolikda va harakatsizlikda ayblamoqda. Ular bolalar o‘zlari yurib kelgani, hushi joyida bo‘lganini aytmoqda. Shifokorlar esa bolalarning ahvoli og‘ir bo‘lganini qayd etmoqda. Ushbu tibbiyot muassasida bolalar 5 soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan.

Prokuraturaning bir nechta ekspertizalarga asoslangan ayblov xulosasiga ko‘ra, bolalar qon bosimiga qarshi “Enam” dorisidan zaharlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют