» » Toshkent shahrida Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi


Xotin-qizlar qo‘mitasi boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning Taraz shahrida o‘tkazilgan Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligida ishtirok etdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.

Tashrif qo‘mita hamda Qozog‘istonning Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.

Moda haftaligida o‘zbekistonlik dizaynerlarning milliy liboslar namoyishi AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Hindiston, Gruziya, Xitoy, Gollandiya va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan mashhur dizaynerlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Tashrif doirasida Xotin-qizlar qo‘mitasi va Qozog‘istonning “Atameken” tadbirkorlar palatasi hududiy bo‘limi va “Qozog‘iston tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi” respublika nodavlat jamoat tashkiloti rahbarlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ayollar va oilaviy demografiya siyosati milliy komissiyasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi doirasida qo‘mita ta’sischiligida tashkil etilgan “Nafis Travel” MChJ bilan Jambul viloyati “Ichki va tashqi turizm assotsiatsiyasi” hamda “Jambul Turizm sanoati assotsiatsiyasi” o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Aspara Fashion Week xalqaro moda haftaligini 2019-yilda Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют