» » Birovga aytsang ishonmaydi. Lekin shunday boldi. Prezidentdan sovgaga Captiva olgan surxondaryolik Shodi bobo

Birovga aytsang ishonmaydi. Lekin shunday boldi. Prezidentdan sovgaga Captiva olgan surxondaryolik Shodi bobo


Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1011-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlogida Shodi bobo Xoshboqov xonadonida bolib, otaxon va u kishining umr yoldoshi Salomat momo bilan suhbatlashdi, deb yozadi OzA.

Davlatimiz rahbarining uyimizga kelgani, dildan muloqot qilgani, hol-ahvol soraganiga hali ham ishongim kelmaydi. Tavba deyman, shuncha ishdan ortib oddiy fuqarolar xonadoniga borish, u bilan gurung qilish, turmushi, sharoiti, oy-fikrlari bilan qiziqish uchun odam qanchalar bagrikeng bolishi kerak ekan-a, deb oylayman-da, deydi Shodi bobo.

Ozingiz qarang-da, umri bino bolib daladan boshqasini kormagan odam mamlakat Prezidenti bilan oz uyida gurung qilib otirsa, birovga aytsang ishonmaydi. Lekin shunday boldi. Davlatimiz rahbari bilan oilamizning kundalik turmushi, mahallamiz hayoti, farzandu nabiralar tarbiyasi, oqishi, ishi, dehqonchilik sirlari, yurtimizda yuz berayotgan ozgarishlar, xullas, hamma narsa haqida gaplashdik, deydi Shodi bobo.

Shodi bobo Xoshboqov bu yil 84 yoshni qarshi oldi. Hali bardam, fikri teran, xotirasi mustahkam. Bolaligi Ikkinchi jahon urushi yillariga togri kelgan Shodi bobo tengdoshlari qatori ne-ne qiyinchiligu mashaqqatlarni boshidan otkazdi. Ospirinlik davrida urush asoratlarini qalban his etdi, ocharchilikni kordi. Halol mehnat qilib, dehqonchilik sirlarini organdi.

Umr yoldoshi Salomat momo Rahimova bilan 8 ogil, 2 qizni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Ogillari qoli gul usta, hunarmand boldi. Ottizdan ortiq nevara, yigirmaga yaqin chevara qurshovida piru badavlat hayot kechirayotgan otaxon va onaxon bugungi osoyishta va obod hayotga shukrona keltiradi, el-yurtga tinchlik sorab duo qiladi.

Shodi bobo Xoshboqov farzandlari va nevaralariga ham dehqonchilik sirlarini obdan orgatib, ularga yerga mehr berish zarurligi, halol mehnat orqasidan rozgor tebratish lozimligini uqtirgan. Otgan yili otaxon tomorqada yetishtirilgan kartoshkadan 25 million somdan ortiq daromad olgani buning yaqqol tasdigidir.

Prezidentimiz uyimizdan qaytgach, bizga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva mashinasini sovga qilib yuboribdilar. Kop yashasin. Boshimiz kokka yetdi, konglimiz togdek kotarildi. Bu kampir ikkovimizning umrimizda olgan eng ulug sovga boldi. Ha, ozini bilgan odamga bundan ortiq etibor, bundan ortiq gamxorlik bolmaydi-da. Bundan faxrlanaman, deydi Shodi bobo.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (23-02-2017, 23:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -