» » Toshkentda 27—30-noyabr kunlari PROlogue xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 27—30-noyabr kunlari PROlogue xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi


Toshkentda joriy yil 27—30-noyabr kunlari PROlogue xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Ilk bor xalqaro maqomda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino”, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi.

Festival tanlov dasturi:

To‘liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;

Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;

Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovidan iborat.

Festival doirasida konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bog‘liq davra suhbatlari va retro filmlar namoyishi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.

Xalqaro jyuri tomonidan eng yaxshi deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor bo‘ladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominatsialar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.

Shu bilan birga, festival direksiyasi o‘zbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirgan.

Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27-oktabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha topshirish imkoniyati mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют