» » O‘zbekistonda bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlarini 1 so‘mga sotishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlarini 1 so‘mga sotishga ruxsat berildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Farmon bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga quyidagi huquqlarni berishni nazarda tutuvchi davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish haqidagi takliflari ma’qullandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashi qarorlariga asosan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularni baholamasdan, 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda     “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish orqali investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda o‘rnatilgan tartibda sotish;

Investiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy (kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tavsiyalariga asosan, har bir tuman bo‘yicha bo‘sh yer uchastkalaridan foydalanish huquqining (0,01 ga maydoni uchun) boshlang‘ich bahosini har chorakda tasdiqlash;

Uch yildan ortiq muddat davomida tuproq bonitirovkasi ishlari olib borilmagan uch gektargacha bo‘lgan maydonga ega yer uchastkalarida tegishli mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobiga tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi bo‘lish;

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish huquqini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun investitsiyaviy (kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda 50 yil muddatga sotish;

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llariga tutash hududlardagi yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini ularning toifalaridan qat’i nazar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma obyektlarini tashkil etish uchun sotish;

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash kuchlarining uch smenali rejimdagi patrulini ta’minlash orqali, shuningdek, mazkur zonalarda sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlarini tasdiqlagan holda Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tungi vaqtda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydigan zonalarni aniqlash.

Eksperiment doirasida davlat ko‘chmas mulk obyektlari uchun xususiylashtirish komissiyasi ishining umumiy muddati u tashkil etilgan paytdan boshlab yigirma kundan oshmasligi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют