» » Benksining kartinasi auksionda yirtildi: Xaridor uni shu holda 1,3 mln dollarga sotib oldi

Benksining kartinasi auksionda yirtildi: Xaridor uni shu holda 1,3 mln dollarga sotib oldi


Britaniyalik ko‘cha rassomi Benksining “Shar tutgan qizaloq” kartinasi auksionda yirtilib ketgan edi, deb xabar beradi “Liga Novosti”.

Kartinaga zarar yetganiga qaramay uni sotib olish istagini bildirgan xaridor kelishuvni bekor qilmaydi. U anchadan beri Benksining ishlarini kolleksiya qilib keladi.

“Kartinaning yirtilib ketganini ko‘rib, men dastavval shok holatiga tushdim, keyinroq asta-sekin menga san’atning bir bo‘lagi tegishini anglay boshladim”, — deydi xaridor.

Kartinani sotib olgan ayol uni “Shar tutgan qizaloq”dan “Chiqindi qutisidagi muhabbat” deb qayta nomlagan.

Ma’lumot uchun, Benksining ushbu kartinasi 6-oktabr kuni Sotheby’s auksionida 1,3 million dollarga sotilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют