» » Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekiston 77 ta medal bilan musobaqani yakunladi

Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekiston 77 ta medal bilan musobaqani yakunladi


Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Kecha, 12-oktabr yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan umumiy hisobda 77 ta medal qo‘lga kiritildi. Ularning 35 tasi oltin, 24 tasi kumush va 18 ta bronza medallaridir. O‘zbekiston medallar sifati bo‘yicha umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

To‘rt yil oldin Incheonda bo‘lib o‘tgan Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza, umumiy hisobda esa 31 ta medal qo‘lga kiritgandilar. Bu safar esa Paraosiyo o‘yinlaridagi rekordlar mutlaq yangilandi va O‘zbekiston uchun eng yaxshisi bo‘lib tarixga kirdi.

Bugun musobaqaning so‘nggi kunida badminton, velosport va basketbol bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi. Sportning ushbu turlarida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют