» » O‘zbekiston narxlar o‘sishi bo‘yicha sobiq SSSR mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston narxlar o‘sishi bo‘yicha sobiq SSSR mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi


Sobiq SSSR hududida 2018-yilning yanvaridan sentabrigacha iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha Belarusning “BelaPAN” xususiy yangiliklar agentligi tomonidan o‘tkazilgan milliy organlar ma’lumotlari  tahlili natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi “Naviny.by”.

To‘qqiz oy yakunlariga ko‘ra, mamlakatda narxlar 8,1 foizga o‘sgan. Keyingi o‘rinlarda esa Ukraina (o‘sish — 5,6%), Tojikiston (3,8%), Estoniya (3,6%), Qozog‘iston (3,3%), Rossiya (2,5%), Latviya (2,4%), Litva (2%) va Gruziya (0,1%) joylashdi.

Ozarbayjon (pasayish — 0,1%), Moldova (0,4%), Armaniston (0,8%) va Qirg‘izistonda (1,1%) esa narxlar, aksincha, pasaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar orasida ayrim tovarlar narxlarining tartibga solinishi, kreditlash hajmining ortishi natijasida iqtisodiy jabhalarda investitsion va iste’mol talablarining kengayishi, inflyatsion taxminlarning o‘zgarishi, narxning mavsumiy o‘zgarishi, shuningdek, milliy valyuta qiymatidagi o‘zgarishlar sanab o‘tilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют