» » Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen 65 yoshida vafot etdi

Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen 65 yoshida vafot etdi


Microsoft asoschilaridan biri Pol Allen 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.

Saraton xastaligining zo‘rayishi o‘limga sabab bo‘lgani bildirilmoqda.

1970-yillarda Allen Bill Geyts bilan birgalikda keyinchalik IT-industriya gigantiga aylangan kompaniyaga asos soldi. Aynan u maktabdosh do‘stini Garvarddagi o‘qishni tashlash va Microsoft bilan bog‘liq ishlarga diqqatini jalb etishga ko‘ndirgandi.

1983-yilda Allen Geyts bilan tortishuvlardan so‘ng kompaniyadan ketdi, biroq aksiyalarning bir qismi va direktorlar kengashidagi o‘rnini saqlab qoldi.

Joriy yilda Forbes uni milliarderlar ro‘yxatida 44-o‘rinda qayd etgan va Allenning mol-mulkini 20,5 milliard dollar baholagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют