» » Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan Las-Vegasda jang qilishdan bosh tortdi

Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan Las-Vegasda jang qilishdan bosh tortdi


UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov professional bokschi Floyd Meyvezer bilan Las-Vegasda jang qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Habib Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

“Faqat Las-Vegasda emas. Ular menga yana pullarimni bermaydi”,— deb yozadi Nurmagomedov.

14-oktabr kuni Habib Floydni janga chorlab shunday degandi: “Kel, Floyd. Men sen bilan jang qilishga tayyorman. Sening 50 ta g‘alabang mening, 27 ta g‘alabamga qarshi. Hech qachon yutqazmagan ikki yigit. Nima uchun yo‘q?! Bu chakalakzorda faqat bitta qirol bo‘ladi, bu esa, albatta, men! U Makregorni ringga qulata olmagandi, men esa buni osonlik bilan qila oldim”.

Kecha, Floyd ham bu chorlovga javob berdi: “CBS, Showtime va MGM Grand chek daftarchalaringizni tayyorlang! Las-Vegasni yana buyuk qilamiz!”,—deb javob yozgan Floyd Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, 2017-yil avgustida Meyvezer UFC jangchisi Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilib, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют