» » Mushuk angliyalik ayolga saratonni aniqlashga yordam berdi

Mushuk angliyalik ayolga saratonni aniqlashga yordam berdi


Angliyaning Lemington shahrida yashovchi Anjela Tinning mushuk qanday qilib hayotini saqlab qolgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ayolning aytishicha, uning mushugi o‘zini g‘alati tuta boshlagan aniqrog‘i erkalanishni yoqtirmaydigan uy jonivori egasining ko‘kragi ustiga chiqib yotib olavergan.

Tinning esa ushbu a’zosida og‘riqni his etgan va shifoxonaga borishga qaror qilgan.

Shifokorlar ayolda saraton oldi to‘qimalarini aniqlagan va ularni olib tashlagan.

Ikki yil o‘tib Missi laqabli mushukning o‘zini tutishida yana o‘zgarish bo‘lgan. Ayol hech qayeri og‘rimayotganiga qaramay yana bir bor shifoxonaga borib, o‘zini tekshirtirishga qaror qilgan.

Ikkinchi marta klinikaga kelgan ayolda saratonni aniqlashdi.

Mammolog shifokorlar uning o‘z vaqtida kelganini, ko‘krak bezini olib tashlasa, hammasi iziga tushib ketishini ma’lum qilgan.

Anjela mushugi Missidan juda minnatdor ekanligini aytib, uning nomzodini mushuklar milliy mukofotining “Mushuk —qahramon” nominatsiyasiga topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют