» » O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Xitoy elchisiga O‘zbekistonda xitoy tili markazi ochishni taklif etdi

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Xitoy elchisiga O‘zbekistonda xitoy tili markazi ochishni taklif etdi


Joriy yilning 12-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy-madaniy munosabatlarni yanada mustahkamlash, rivojlantirishdan iborat. Universitet rektori professor Shuhrat Sirojiddinov Tszyan Yan bilan suhbat chog‘ida ToshDO‘TAU qoshida Xitoy markazini ochishni taklif etdi. Mazkur markaz yoshlarga xitoy tilini o‘rgatish barobarida Xitoy milliy qadriyatlarini o‘zida jamlagan madaniy go‘shaga ham aylanadi.

Qolaversa, o‘zbek adabiyoti namunalarini xitoy tiliga, xitoy ijodkorlari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qila oladigan tarjimonlarni ham mazkur markaz yetishtirib berishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют