» » Samarqand shahri kuni ommaviy sayl sifatida nishonlanadi

Samarqand shahri kuni ommaviy sayl sifatida nishonlanadi


Samarqand shahrida “O‘tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahar” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga uyushqoqlik bilan tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Bayram tadbirlari 18-oktabr kuni tongda Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovati bilan boshlanadi. So‘ngra viloyat va shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari tomonidan Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yiladi.

Universitet xiyoboni, viloyat musiqali drama teatri, Amir Temur maqbarasi hududlarida viloyat maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari, yoshlar ittifoqi faollari tomonidan ko‘rgazmalar namoyish qilinadi.

Shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Aziz shahrim—Samarqandim”, “Men Samarqand farzandiman” mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlanadi. Bolajonlar uchun viloyat qo‘g‘irchoq teatrida “Ulug‘bek yulduzi”spektakli namoyish etiladi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” internat uyida yashayotgan keksalar va nogironlar, shahar obodonlashtirish boshqarmasiishchi-xodimlari uchun bayram dasturxoni yoziladi.

Viloyat musiqali drama teatrida Maqsud Shayxzoda asari asosida sahnalashtirilgan “Mirzo Ulug‘bek” spektakli namoyish etiladi. Teatr oldidagi sahnada konsertdasturlari uyushtirilib, shu yerda ilk bor shahar miqyosida tashkil etilgan “Eng obod mahalla”, “Eng faol maktab”, “Eng ko‘rkam maktabgacha ta’lim muassasasi”, “Yilning engyaxshi patronaj xodimi” kabi ko‘rik-tanlovlar g‘oliblariga sovg‘alar ulashiladi.

Shaharning Sartepa maskani, Kimyogarlar qo‘rg‘oni, Farhod va So‘lim shaharchalarida, Registon maydoni, Islom Karimov ko‘chasi, Hunarmandlar markazida, madaniyat va istirohat bog‘larida madaniy tadbirlar, konsert dasturlari uyushtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda #Samar­kandday xeshtegi ostida yoshlar o‘rtasida “Samarqand — eng go‘zal shahar” suratlar, “Samarqand tarixini bilasizmi?” tanlovlari o‘tkaziladi.

Oliy o‘quv yurtlarida “Zarafshon vohasi — jahon sivilizatsiyasi tarixi” mavzusida ilmiy konferensiya, she’riyat kechalari, viloyat o‘lkashunoslik muzeyida “Maqom kechasi”, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida “Samarqand — kecha va bugun” nomli fotoko‘rgazma tashkil etiladi.

“Sport — yoshlik shijoati va nafosati” shiori ostida marafon, velomarofon, futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Shaharda harakatlanayotgan jamoat transportlari bayramga xos, Samarqand shahri logotipi tushirilgan emblemalar bilan bezatiladi. Toshkent—Samarqand—Qarshi yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi monitorlarida “Sharq gavhari” nomli ko‘rsatuv roligi, Registon maydonida esa 3D shou dasturi namoyish qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 00:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют