» » Endi xaridor avtosalonga avtomobili yetkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni GM Uzbekistan sayti orqali bilishi mumkin

Endi xaridor avtosalonga avtomobili yetkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni GM Uzbekistan sayti orqali bilishi mumkin


GM Uzbekistan AJ xarid jarayonlari shaffofligini ta’minlash maqsadida kompaniyaning rasmiy saytida “Avtosalonga yetkazilgan avtomobillar ro‘yxati” bo‘limi orqali mijozlarni xabardor qilish yangi xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endi kompaniyaning rasmiy sahifasiga avtomobili avtosalonga yetkazilgan xaridorlar ro‘yxati joylab boriladi. Ma’lumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi. Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: http://gmuzbekistan.uz/

Yangi xizmat avtomobil xaridining barcha bosqichida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

“Turli bahonalar bilan sizdan avtomobil yetkazib berishda qo‘shimcha mablag‘ talab qilingan holatlarda siz GM Uzbekistan AJ da tashkil etilgan Call-Markazga (+99871) 141-77-77 raqamlari orqali yohud Bosh Prokuraturaning 10-07 ishonch raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 10:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют