» » Gibraltar terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta qatorasiga 2 o‘yinda g‘alaba qozondi

Gibraltar terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta qatorasiga 2 o‘yinda g‘alaba qozondi


Kecha, 16-oktabr sanasida Millatlar Ligasi navbatdagi turi doirasida Gibraltar terma jamoasi o‘z maydonida Lixtenshteynni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Bu Gibraltarning o‘z tarixida qo‘lga kiritgan rasmiy o‘yinlardagi ketma-ket ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi. Avvalroq jamoa safarda Armaniston ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgandi. Ma’lumot uchun, Armaniston bilan o‘yingacha Gibraltar terma jamoasi hisobida 22 ta rasmiy o‘yin bor edi. Ular bu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan 107 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Gibraltar o‘z tarixida ikki bor o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozongan. Ulardan biri 2014-yilda Malta (1:0) ustidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, 2017-yil martida esa Latviya (1:0) taslim etilgandi.

Ayni damda D4 guruhida Gibraltar 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 10:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют