» » Lyovning iste’fosi yaqin. Germaniya o‘z tarixida ilk marta bir yilda 6 marta mag‘lubiyatga uchradi

Lyovning iste’fosi yaqin. Germaniya o‘z tarixida ilk marta bir yilda 6 marta mag‘lubiyatga uchradi


Kecha, 16-oktabr sanasida Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Fransiyaga safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyatsizlik esa Germaniyaning 2018-yildagi 6-mag‘lubiyati bo‘ldi. Bu Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichdir.

“Bundestim” joriy yilda JCh-2018 doirasida Janubiy Koreya (0:2), Meksika (0:1) hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, nemislar Avstriya (1:2), Braziliya (0:1) terma jamoalariga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham yutqazgandi. Shu tariqa Germaniya terma jamoasi 1985 va 1956-yilda qayd etgan antirekordini yangiladi. O‘sha yillarda jamoa 5 tadan uchrashuvda mag‘lub bo‘lgandi.

Yil davomida terma jamoa atigi 3 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va 2 ta o‘yinda durang qayd etdi. 2000 yildan beri ilk marta ketma-ket 2 ta rasmiy o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 10:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют