» » Yangiyo‘lda respublika ishchi guruhi tomonidan 4700 dan ortiq muammo hal etildi

Yangiyo‘lda respublika ishchi guruhi tomonidan 4700 dan ortiq muammo hal etildi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan belgilangan vazifalarning 24 foizi bajarilmagan. Bu boradagi ishlar, ayniqsa, 3-sektorda 36 foiz, 4-sektorda 35 foizga ortda qolmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tumanda ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun kredit hisobida ajratilishi belgilangan 5,656 milliard so‘m mablag‘ning 19 foizi hanuz moliyalashtirilmagan. Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga muvofiq, 607 ta ish o‘rni yaratilib, bu boradagi reja 4,3 foiz ortig‘i bilan bajarilgan.

Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani Kengashining tumanni kompleks rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida shu haqda ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman sektor rahbarlari, faollar ishtirok etgan sessiyada Respublika ishchi guruhi tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha olib borilgan o‘rganish natijalari ham muhokama qilindi.

Sessiyada qayd etilishicha, tumanning real ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilgan. Ta’lim, tibbiyot, bandlik, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning real holati o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida qariyb 27800 ta muammo aniqlanib, ularning 4700 tadan ortig‘i joyida bartaraf etilgan.

Ishchi guruh tomonidan shuningdek, tumanda 391 ta bo‘sh bino, qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan yer maydonlari mavjudligi aniqlangan.

Sessiya kun tartibidagi masalalarni hal etish, ko‘tarilgan muammolarga to‘liq barham berish, ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 10:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют