» » Toshkent shahar hokimligida Mercedes-Benz kompaniyasi menejeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida Mercedes-Benz kompaniyasi menejeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


So‘nggi paytda jamoat transporti, xususan avtobuslar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar jamoatchilik o‘rtasidagi muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shu bois, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan 2008—2009-yillarda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz rusumli avtobuslarni chuqurlashtirilgan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi. Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, soz holga keltirilgan avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarilmoqda.

Texnik jarayonlarni yaxshilash maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJda Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi menejeri Maks Kirshenxofer bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Mercedes-Benz rusumli avtobuslarning texnik holati, ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda 2012—2013-yillarda ishlab chiqarilgan avtobuslarga va harakat tarkibini yangilashga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют