» » Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi


Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anjuman bugun ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida tashkil qilingan “Salohiyatlarni namoyish etamiz” mavzusidagi biznes nonushta bilan boshlandi. Unda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatish, iqtisodiy zonalar istiqbollari kabi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov ham viloyatning investitsiya salohiyati va uni ro‘yobga chiqarish borasida erishilayotgan natijalar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotdan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi hamda Novosibrsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hududlararo hamkorlik bitimi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 20:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют